«Manchester Yunayted» hujumchisi Krishtianu Ronaldu uzoq vaqtdan buyon jarohatlangan tizzasi bilan faoliyatini davom ettirmoqda.
Jurnalist Manu Erediyaning xabariga ko’ra, u 2014 yildan buyon chap tizzasining tizzaosti bog’lamlari tendiniti bilan o’ynamoqda. Odatda, bu tizza suyaklarini asta-sekinlik bilan yemirib boradi. Shu sababli portugaliyalik futbolchiga bu o’yin vaqtida ba’zida og’riq berib turadi.
Eslatib o’tamiz, Ronaldu ushbu yozda «Manchester Yunayted»ga qaytgandi.
Izohlarni ko`rish