Xitoydagi Tesla Inc kompaniyasi rahbari Tom Chju yuqori lavozimga ko’tarildi. Hozirda u elektromobil ishlab chiqaruvchining AQShdagi yig’ish zavodlari, shuningdek, Shimoliy Amerika va Yevropadagi savdo operatsiyalari uchun javobgardir, deya xabar beradi Reuters (https://www.reuters.com/technology/tesla-china-boss-zhu-promoted-global-role-company-posting-2023-01-03/).
Bu harakat Chjuni Tesla bosh direktori Elon Maskdan keyingi eng yuqori martabali bosh direktorga aylantiradi.
Nashrning yozishicha, Chjuning yuqori lavozimga tayinlanishi Maskning Twitter’ni rivojlantirishga asosiy e’tiborini qaratgani bilan bog’liq. Tesla tahlilchilari va investorlari yuqori boshqaruv mavqeini mustahkamlaydigan va kompaniyani keyingi bosqichga olib chiqadigan harakatlarga chaqirmoqda.
Reuters agentligining xabar berishicha, Chju davrida Tesla’ning Shanxaydagi zavodi Xitoydagi COVID-19 pandemiyasidan so’ng tezda tiklangan.