Saudiya Arabistonida Ronalduning 2 million dona futbolkasi sotildi

Krishtianu Ronaldu Saudiyaning «An-Nasr» klubiga o’tganidan keyin mamlakatda haqiqiy shov-shuv boshlandi. Mahalliy aholi portugaliyalikninig nomi yozilgan 2 milliondan ortiq futbolka sotib olishdi, deb yozadi Marca.

Eslatib o’tamiz, Krishtianu Ronaldu bugun oqshom «An-Nasr» futbolchisi sifatida rasman tanishtirildi, u yettinchi raqam ostida o’ynaydi.

Ronalduning «An-Nasr» bilan shartnomasi 2025 yilning yoziga qadar mo’ljallangan.