Tesla kompanyasi asoschisi Ilon Mask emas, Tesla 2003 yilda Martin Eberxard va Mark Tarpen tomonidan Tesla Motors sifatida asos solingan, kompaniya nomi ixtirochi va elektrotexnik muhandis Nikola Teslaning ismiga qo’yilgan.
2004 yilda Martin Eberxard va Mark Tarpen Tesla kompanyani moliyalashtirish uchun Ilon Mask bilan bog’lanishadi. Mask 7.5 mln dollar Tesla kompanyasiga sarmoya kiritish orqali direktorlar kengashi raisiga aylanadi. Ilon Mask 2008 yildan buyon bosh direktor lavozimini ishlab kelmoqda. Maskning so’zlariga ko’ra, Teslaning maqsadi – elektr transport vositalari va quyosh energiyasi orqali olingan barqaror transport va energiyaga o’tishni tezlashtirish.
Tesla o’zining birinchi avtomobil modeli Roadsterni 2009 yilda ishlab chiqarishni boshlagan. Undan keyin 2012 yilda Model S sedanni, 2015 yilda Model X SUV, 2017 yilda katta hajmli Model 3, 2020 yilda Model Y krossoveri paydo bo’ldi. Model 3-bu dunyodagi eng ko’p sotiladigan plaginli elektromobil.