Aksariyat holda tashlab yuboriladigan limon po’sti aslida siz o’ylaganingizdan ham ko’proq vaziyatlarda asqatishi mumkin.
Teri rangini oqartirish uchun
Limon kislotasi oqartiruvchi va tozalovchi xususiyatga ega. Uning qoldiqlaridan foydalangan holda qo’lni oqartirish, tirsak va oyoq kaftidagi terini yumshatish mumkin.
Xushbo’y ifor sifatida foydalanish mumkin
Limon po’sti, maydalangan dolchin hamda chinnigulni suvga qo’shib, 15—20 daqiqa davomida qaynatib oling. Uyingizdan xushbo’y ifor taralib turadi.
Dog’larni ketkazish uchun
Limon po’sti yordamida qahva qaynatadigan idish chetida qolgan to’q dog’larni bartaraf qilsa bo’ladi. Buning uchun bir necha soatga ichiga solib qo’yib, keyin yaxshilab yuvib tashlang. Dog’dan asar ham qolmaydi.
Uy yumushlarida qo’l keladi
Shisha idish ichini bo’laklarga bo’lingan limon po’sti bilan to’ldiring. Ustidan bir osh qoshiq sirka quying. Ustini yaxshilab yopib, bir hafta davomida qorong’i joyda saqlang. Keyin uni 1:1 nisbatda suv bilan aralashtiring. Oshxonani tozalashda, yog’ va chirklarni bartaraf qilishda samara beradi.
Yoqimsiz hidni bartaraf qilishda
Sovitkichdan yoqimsiz hid anqishini bartaraf qilishning eng samarali usuli uni artib tozalash hisoblanadi. Ammo vaqtingiz tig’iz bo’lsa, ichiga bo’laklarga bo’lingan limon solib qo’yishingiz ham mumkin.
Mikroto’lqinli pechni tozalash mumkin
Mikroto’lqinli pech ichiga limon solingan suv qo’yib, 5 daqiqaga yoqing. O’chganidan keyin 5—7 daqiqa kuting. Keyin esa ichini namlangan latta bilan artib tashlang.
Metallni yaltiratish uchun
Soda yoki tuzga botirilgan limon bilan qorayib qolgan mis idish va boshqa metall buyumlarni artishingiz mumkin. Limon kislotasi ularni avvalgidek yaltirashiga sabab bo’ladi.
Chirk va sarg’ayishlarni bartaraf qiladi
Choynak ichini tozalash uchun uning ichiga to’ldirib suv, keyin esa limon soling. 5 daqiqa qaynaganidan keyin olovni o’chiring. Bir soat shunday tursin. Idish devorlarini qattiq gubka va yuvish uchun mo’ljallangan vosita bilan yaxshilab tozalang.
Chumolilarni yo’q qilish uchun
Uyda chumoli ko’paygan bo’lsa, quyidagi tavsiya ayni muddao hisoblanadi. Hammasi juda oddiy — limon po’stini tokcha va boshqa yerlarga qo’yib chiqing. Shuningdek, ushbu usul suvarak va burgalarni yo’q qilishda ham ish berishi mumkin.
Dezinfeksiya maqsadida foydalanish mumkin
Taxtakachlarni dezinfeksiyalashning eng oddiy usuli ularni limon po’sti bilan artish hisoblanadi. Bir necha daqiqadan keyin esa toza suv bilan yuvib tashlashingiz mumkin.
Shakarni saqlashda yordam beradi
Jigarrang shakar yopishib qolmasligi uchun saqlanadigan idish ichiga limon po’stini solib qo’ying. Ammo solishdan avval yumshoq qismi ajratilgani va po’stining yetarlicha quritilganiga ishonchingiz komil bo’lsin.
Tanani tozalash uchun
Maydalangan limon bo’laklarini yarim stakan shakar va o’simlik yog’i bilan qo’shib aralashtiring. Skrabni namlangan teriga surtib, uqalovchi harakatlar bilan ishqalang. Biroz vaqt o’tganidan keyin suv bilan yuvib tashlang.
Tirnoqlarni oqartirish uchun
Tirnoqlardagi lakdan keyingi sariq izni ketkazish uchun ularni limon po’sti bilan artib tashlang.
Qirg’ichni tozalash uchun
Qirg’ichning teshiklaridagi qotib qolgan qoldiqlarni ketkazish uchun uni limon po’sti bilan artish tavsiya qilinadi.