Termizdagi Kampirtepa Aleksandrning Oksianasimi?

Qadimiy Termiz yaqinida o’nlab asrlar taloto’piga guvoh bo’lgan ko’hna shahar xarobalari bor. Ular bir paytlar Iskandar Maqduniy (er.av 356-323 yy) tomonidan Baqtriya hududida barpo etilgan Oks Aleksandriyasi bo’lgan degan taxminlar bor.

1480-1490 yillarda nashr etilgan Ptolemey xaritasida, Aleksandr Oksianasi Oksning chap qirg’og’idaga Xaraxarta va daryoning o’ng qirg’og’ida Indikomardon (Termiz shahri hududi) orasida joylashgan, deyilgan. Bu bugungi kundagi Kampirtepa hududiga to’g’ri keladi.

Hududda arxeologlar tomonidan ko’p tadqiqotlar olib borilgan. Ushbu tadqiqotlarning eng katta yutug’i Oks (Amudaryo)ning o’ng qirg’og’ida Iskandar Maqduniyning 329-327 yillardagi yurishlari vaqtida, yurtimiz hududida barpo etilgan eng qadimgi yunon-makedon istehkomi qoldiqlari topilgani bo’ldi.

O’zbekiston madaniy merosini o’rganish, saqlash va ommalashtirish bo’yicha Butunjahon jamiyati Oks Iskandariyasining 3D installyatsiyasi yaratdi. Bu haqda «Darakchi» gazetasining 19-sonida qiziq maqola chop etiladi.