Tayvanliklar parvozlarni sog'inganidan «hech qaerga» uchmoqda. Ular samolyotga o'tirib havoda aylanadi va uyga qaytadi

Aviakompaniyaning ma’lum qilishicha, savdolar boshlanishi bilan reys uchun mo’ljallangan 188 ta chiptaning barchasi sotilgan. Yuqori talabdan ilhomlangan aviatashuvchi ikkinchi turni amalga oshirishni rejalashtirmoqda.

Samolyot 7 avgust kuni havoga ko’tarilib, Tayvanning sharqiy qirg’oqlari tomon uchadi. Undan so’ng Filippin tomon harakatlanib, yana aeroportga qaytib keladi. Yo’lovchilar parvoz vaqtida «Mishlen» yulduziga ega restoranning bosh oshpazi tomonidan tayyorlangan Osiyo oshxonasining taomlaridan tanovul qilishlari mumkin.

Ekonom klass uchun uch soatli sayohat chiptasi 160 dollar. Biznes klass chiptasi mehmonxonada ikki kunlik dam olishni ham o’z ichiga oladi — narxi ikki kishiga 710 dollar.

Bundan tashqari, EVA Air  aviakompaniyasi ham 8 avgust — Otalar kuniga rejalashtirilgan shu turdagi reysi uchun 309 ta chipta sotgan. Ta’kidlanishicha, China Airlines aviakompaniyasi ham shu kabi reyslarni taklif etmoqda.

Tayvanliklar parvozlarni sog'inganidan «hech qaerga» uchmoqda. Ular samolyotga o'tirib havoda aylanadi va uyga qaytadi
loading…