Rodster ekstereri Fathom Green to’q yashil rangda ishlangan va xromlangan detallar bilan bezatilgan: bamperlar, orqani ko’rishga mo’ljallangan oynalar va old oyna romi. Avtomobil original g’ildirak diskalari va shinalari bilan taqdim etilmoqda. Salon ham zavoddan chiqqanidan buyon deyarli o’zgarishga uchramagan.
Sotuvchining ma’lum qilishicha, Stingray’ning hozirgi egasi uni 1998 yilda sotib olgan. Mashina xarid qilingan vaqtida salkam 80 ming kilometr yo’l bosgan bo’lgan, hozirga kelib esa ushbu ko’rsatkich 4000 kilometrga oshgan. Ikki eshikli mashina yaxshi holatda saqlangan, «podveska» va tormoz tizimidagi «eyilgan» ko’plab detallari almashtirilgan.
loading…
Izohlarni ko`rish