To’y tantanalari Latakiya shahridagi bayramlar uchun mo’ljallangan kattakon zalda tashkil etildi. Kelin-kuyovlar soni jami 1100 kishi bo’lib, asosan Suriya armiyasi harbiylari, janglarda halok bo’lgan askarlarning ota-onalari va urush oqibatida yaralangan askarlardan tashkil topgan. Albatta, bu ommaviy to’y tantanalari shuning bilan oltinchi marotaba tashkil etildi. Oldingi tantanalarda jami 1494 kishi turmush qurgandi.

Peruda esa 2017 yili qizlarning ommaviy tarzdagi to’ylari tashkil etilgan. Ammo ular kuyov sifatida yigitlarni emas, daraxtlarni tanlashgan. Qizlar barchaning ko’z o’ngida bir-biridan ulkan va yam-yashil «kuyov»larini bir umr asrab-avaylashga qasam ichishgan. To’yni mamlakatdagi ekologiya tashkiloti tashkil etgan.

Lenta. ru