Sun'iy intellekt tomonidan yaratilgan rasm 5 ming dollarlik tanlovda g'olib bo'ldi

Sun’iy intellekt tomonidan yaratilgan rasm 5 ming dollarlik tanlovda g’olib bo’ldi, uni tanlovga yuborgan suratkash mukofotdan voz kechdi.

Dall-E yaratgan surat orqali nemis fotografi Boris Eldagsen nufuzli tanlov — Sony World Awards’da g’olib bo’lgan. Biroq u bu ishni sun’iy intellekt rivojlanayotgan davrda fotografiyaning kelajagi borasidagi savollarga e’tibor qaratish uchun atayin tanlov tashkilotchilariga yuborganini aytgan. U mukofotdan voz kechgan va sodir bo’lgan voqeani sun’iy intellekt bilan bog’liq muammo allaqachon boshlanganiga isbot deb ta’kidlagan.