Sun'iy intellekt saraton kasalligini aniqlashni o'rgandi

Britaniyalik olimlar saraton kasalligini erta bosqichda aniq tashxislash uchun sun’iy intellektdan foydalanishdi.

Tajriba uchun mutaxassislar o’pkada neoplazmalar bo’lgan 500 ga yaqin bemorning kompyuter tomografiyasi natijalarini olishdi. AUC usuli bo’yicha tashxisning aniqligi 0,87 ni tashkil etdi.

Shuningdek, sun’iy intellektning yangi modeli xavfli o’smalarni rivojlanish xavfi yuqori bo’lgan bemorlarni aniqlashga yordam berdi.

“Ushbu ish orqali biz AI kabi innovatsion texnologiyalar orqali kasalliklarni aniqlashni tezlashtirish uchun chegaralarni kengaytirishga umid qilamiz”, – dedi tadqiqot muallifi doktor Richard Li.