“Milan” hujumchisi Zlatan Ibrahimovich faoliyatini yakunlamoqchi emas. Shvetsiyalik hujumchi “rossonerilar” bilan shartnomasini yana bir yilga uzaytirmoqchi. Bu haqda “Sky Sports Italia” nashri xabar berdi.
Manbaga ko’ra, Ibrahimovich futbolni yuqori saviyada davom ettirishga qaror qilgan va tez orada Milan klubi boshliqlari bilan shartnomani uzaytirish bo’yicha muzokaralar olib borishga harakat qiladi.
Ma’lum qilinishicha, shvetsiyalik hujumchi “Milan” bilan yangi shartnoma tuza olmasa, yangi klub izlashga majbur bo’ladi. Hujumchining “rossonerilar” bilan amaldagi shartnomasi shu yilning iyun oyi oxirida yakuniga yetadi. Transfermarkt internet portaliga ko’ra, futbolchining taxminiy bahosi 2 million yevroni tashkil qiladi.
Joriy mavsumda Ibrahimovich “Milan” bilan Italiya chempionatida to’rtta o’yin o’tkazdi. Hujumchi yagona golni “Udineze”ga qarshi o’yinda (1:3) penaltidan kiritdi.