Termiz shahrida 2022 yil 2 dekabr kuni shahar IIB huzuridagi Tergov bo’limidan tushgan hujjatlarga ko’ra, 27 noyabr kuni Termiz shahrida yashovchi, J.Jamila (ism shariflar o’zgartirilgan) shahar IIBga ariza bilan murojaat qilib, shu yilning may oyida, Sherobod tumanida yashovchi, V.Sherdil uning ishonchiga kirib, «subsidiya asosida arzon uy olib beraman»- deb, 5000 (besh ming) AQSh dollarini olib ketganligini bildirgan.
Mazkur holat yuzasidan B.Sherdilga nisbatan O’zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168-moddasi 2-qismi «a» bandi bilan jinoyat ishi qo’zg’atilgan.
Izohlarni ko`rish