Noyabr oyida qit’alararo ballistik raketani sinovdan o’tkazayotgan KXDR yetakchisi birinchi marta o’z qizi Chju Eni ommaga ko’rsatgan edi. Bu ko’plab taxminlarga sabab bo’ldi, chunki Kim Chen In ilgari hech qachon bolalar bilan omma oldiga chiqmagan edi. Bundan tashqari, ular haqidagi ma’lumotlar ehtiyotkorlik bilan yashirilgan.
Janubiy Koreya razvedkasi ma’lumotlariga ko’ra, Kim va uning rafiqasi 2010, 2013 va 2017 yillarda bir o’g’il va ikki qiz ko’rgan. Mish-mishlarga ko’ra, u 10 yoshli Chju Eni o’zining vorisi qilmoqchi.
Vena universiteti qoshidagi Shimoliy Koreya tadqiqotlari markazi direktori Ryudiger Frank Chju Ening omma oldida paydo bo’lishi ortida «xabar bor»ligiga ishonchi komil, chunki «na Kim Chen In, na uning o’tmishdoshlari o’z farzandlarini hech qachon ommaga tanishtirmagan.»
Tadqiqotchi Chju Ening otasi bilan raketa sinovlari paytida paydo bo’lganida ma’lum bir ramziylikni ko’radi: «Yadroviy raketalar mamlakat himoyasini anglatadi, Kim Chen In xalqning g’amxo’r otasi, qizi esa Shimoliy Koreya bolalarining barchasidir.”