Stradivari skripkasi $15,3 millionga sotildi

Stradivari tomonidan 1714 yilda yasalgan va Albert Eynshteynning ustoziga tegishli bo’lgan noyob skripka 15,34 million AQSh dollariga sotildi. «Da Vinchi» nomi bilan ataluvchi cholg’u asbobi «Tarisio Auctions» tomonidan sotuvga qo’yilgan.

U 40 yil mobaynida musiqachi Tosha Zaydelga tegishli bo’lgan. Ijodkor hayotlik davrida AQSh, Yevropa, Avstraliya bo’ylab gastrol safarlarini uyushtirgan, Nyu-Yorkda Albert Eynshteyn bilan tanishgan va unga skripka chalish bo’yicha dars o’tgan.

Ma’lumotlarga ko’ra, Zaydel skripkani 1924 yilning 27 aprel sanasida 25 ming dollar evaziga sotib olgan. Uning vafotidan keyin cholg’u asbobi torontolik musiqachi Myuriel Rubinga sotilgan.