Tunnel uzunligi 170 metr, chuqurligi 13 metrni tashkil qiladi. Ular uni uy egasi qirg’izistonlik bo’lib chiqqan turar-joy binolaridan birida topishgan. Milliy xavfsizlik davlat qo’mitasi ma’lumotlariga ko’ra, u sherigi bilan bir vaqtda bir-biriga qarab tunnel qazishgan.
“Tunnel Qirg’izistondan qo’shni davlatga iste’mol tovarlari va xorijiy valyutani noqonuniy olib o’tish maqsadida qazilgan”, — deyiladi davlat qo’mitasi xabarida.
Bu Qora-Suv hududida topilgan uchinchi (!) tunneldir. Ilgari ular Qora-Suv shahri va qo’shni Telman qishlog’idan topilgan.
Izohlarni ko`rish