Evropa va Osiyo madaniyatlarini uyg’unlashtirgan, dunyoning eng gavjum metropollaridan biri bo’lgan Istanbul, o’zining bir qator dunyoga mashhur diqqatga sazovor joylariga ega. Shaharning Onado’li tomoni yoki Osiyo qismi – sokin, ammo «hayajonli» sarguzashtlarni hadiya etadi. Istanbulning Onado’li tomonida mo’l-ko’l tabiiy go’zalliklar, tarixiy diqqatga sazovor joylar, hayajonli tungi hayot, ishtahani ochuvchi oshxonalar va ko’plab xarid qilish uchun keng tanlovlar mavjud. Keling, Istanbulning Onado’li tomoni taklif qiladigan eng yaxshi tajribalarni ko’rib chiqaylik. Ammo esda tutingki, shaharning bu tomonini ko’zdan kechirishning eng yaxshi yo’li Yevropa tomonidan paromga chiqish va dengiz orqali go’zal Bosfor bo’gozini kesib o’tishdan boshlanadi.
Istanbulning “Prins orollari”
Istanbulning yonginasida joylashgan Prins orollari, hayot tarzining mo»tadilligi va Istanbulning yorqin tarafini his qilishni xohlaydiganlar uchun mukammal muhitni taqdim etadi. Marmara dengizining bepoyon moviyliklari orasida Istanbulning Onado’li qismiga yaqin bo’lgan Prins orollari o’zining go’zal tabiati, yengil shabadasi va tarixiy imoratlari bilan mashhur.
Bosfor bo’g’oziga parallel ravishda joylashgan bir qator tarixiy manzillar
Uskudardagi paromdan tushib, to’g’ri Onado’li Hisori tomon yo’l olganingizda, yuz yillik mahalla va binolar, bog’lar, masjidlar hamda shinam kafelari bilan sizni qarshi oladi. Ikki tomonni bog’lovchi ko’prikning yaqinida joylashgan Beylerbeyi saroyi o’zi joylashgan mahallaning timsoli hisoblanadi. Saroy Bosforga qaragan joylashuvi, Sharq va G’arb uslublarini uyg’unlashtirgan arxitekturasi, fasllar davomida o’zgarib turuvchi atmosferasi bilan tashrif buyuruvchilarni hayratda qoldiradi. Ko’pchilikka ma’lum bo’lgan Chengelko’y, o’zining choy bog’i turk choyini simit bilan ichish va Bosforning ajoyib manzarasidan bahramand bo’lish uchun maqbul joy sanaladi. Chengelko’y, shuningdek, o’zining ko’p asrlik saroylari, go’zal mahallalari va baliq restoranlari bilan mashhur bo’lib, mazali dengiz mahsulotlaridan bahramand bo’lishingiz mumkin.
Kadiko’y: Dunyodagi eng yaxshi mahallalardan biri
Kadiko’y Onado’li tomonidagi eng mashhur mahalla hisoblanadi. U ikki marta, 2019 va 2021 yillarda dunyoning “eng yaxshi mahallalaridan biri” deb topilgan. Kafelari, barlari, restoranlari hamda vino zavodlari bilan Kadiko’y so’nggi yillarda Istanbulning ijtimoiy markazlaridan biriga aylandi. Shahar ichidagi bir shahar bo’lgan Kadiko’y sizni antik ashyolar sotuvchi do’konlari, ovoz yozish studiyalari, ikkinchi qo’l kitob do’konlari, bir asrlik dorixona va hatto opera teatri bilan kutib oladi. Arxitekturasi bilan e’tiborni tortgan Sureyya opera teatri Baharie ko’chasining qoq markazida tomosha oqshomlari uchun mehmonlariga eshiklarini ochadi. Piyoda yoki tarixiy tramvayda bo’lsin, Kadiko’y ko’chalarida yurib borar ekasniz, sizni dengiz bo’yidagi go’zal Moda mahallasi kutib oladi. Modaning Pier kafesida bir finjon choy yoki qahva ichib, hayajonli manzaradan bahramand bo’lishingiz mumkin.
Bog’dod ko’chasi: bir ko’chadan ortiqroq
Onado’li tomonining eng hashamatli ko’chalaridan biri bo’lgan 14 kilometr uzunlikdagi Bog’dod prospekti dunyodagi eng go’zal savdo markazlaridan biri sifatida ham tanilgan. Kadiko’y va Bostanji tumanlari o’rtasida joylashgan ushbu ko’chada ko’plab mahalliy va xalqaro moda va dizayn brendlari do’konlari o’rin olgan. Ko’chalarda do’kon vitrinalariga tikilgancha soatlab yurishingiz, shuningdek, mahalliy va xalqaro oshxonalarga qadar izlagan barcha lazzatlarni uchratishingiz mumkin.