Everest eng baland cho'qqi maqomini «boy berdi»

 

Tadqiqotchilar dunyoning barcha mintaqalaridan alpinistlar kelib zabt etishga intiladigan Everest cho’qqisi dengiz sathidan 8 849 metr balandlikda joylashganini tasdiqlashdi, deb xabar bermoqda Cience Focus.

Haqiqatan, dengiz sathidan hisoblanganda mazkur tog’ inson zabt eta oladigan eng baland nuqta hisoblanarkan, ammo hisob-kitob boshqacha usulda olib borilsa, Everest balandlik bo’yicha 1-o’rinni boshqa cho’qqiga bo’shatib berishga majbur bo’ladi.

Olimlar ta’kidlashicha, dunyodagi eng baland cho’qqi balandligi, taxminan, 10 305 metrli Mauna-Kea vulqoni hisoblanadi. Gap shundaki, vulqonning bir qismi Tinch okeani tubida joylashgan, ya’ni, taxminan, 6 ming metri suv ostida yashiringan va faqat 4 ming 205 metri dengiz sathidan balandda joylashgan.

AQSh Geologiya xizmati ogohlantirishicha, bundan 4500 yil avval paydo bo’lgan mazkur vulqonning qayta uyg’onish ehtimoli mavjud.