Siz qaysi tarmoqdan ko'proq foydalanasiz?

Kecha, 31 yanvar kuni Oliy Majlis Senatida Axborot siyosati va davlat organlarida ochiqlikni ta’minlash masalalari qo’mitasining navbatdagi majlisi bo’lib o’tdi.

Yig’ilishda butunjahon internet tarmog’ida yoshlar va voyaga yetmaganlar uchun milliy kontentni rivojlantirish, ularning ijtimoiy tarmoqlardan foydalanish madaniyati va zararli axborotdan himoya qilish yuzasidan Vazirlar Mahkamasiga parlament so’rovi yuborish to’g’risidagi masala dastlabki tarzda muhokama etildi.

Bu haqda Zamon.uz’ yozmoqda.

Qayd etilishicha, statistik ma’lumotlarga ko’ra:

Telegramda –  18 million,
Odnoklassnikida – 16,7 million,
Feysbukda – 4,7 million,
Instagramda –  3,7 million,
Vkontakteda – 2,6 million,
Linkedlnda – 288 ming,
Tvitterda  –  51,6 ming nafar
o’zbekistonlik foydalanuvchilar mavjud bo’lib, ularning ko’pchiligini yoshlar tashkil qiladi.

Shuningdek, ma’lumotga ko’ra, 2021 yilning dekabr holatiga ko’ra, milliy domen makonidagi 289 ta veb-saytda pornografiya, 91 ta veb-saytda esa behayolik va ma’naviy buzuqlik targ’ibotiga xizmat qilishi mumkin bo’lgan holat aniqlangan va 2097 ta qonunbuzarlik holati qayd etilgan.