Agar Pike «Barselona» prezidenti bo'lsa,..

Kataloniyaning «Barselona» himoyachisi Jerar Pike agar klub prezidenti bo’lganida qanday o’zgarishlarni amalga oshirishi haqida fikr bildirdi.

«Men ko’p narsani o’zgartirgan bo’lardim, klubni zamonaviyroq qilardim. Men «Barselona»ning atrofidagi barchani tozalardim, chunki ular juda zaharli. Bu odamlar doirasiga kiruvchi har bir insonni jahannamga jo’natardim», – dedi 34 yoshli Pike Marca nashri bilan suhbatda.

Ayni paytda «Barselona» prezidenti Joan Laporta sanaladi.