Sigir 4 metrli quduqqa tushib ketdi

Joriy yilning 11 sentyabr kuni soat 01:00da Qashqadaryo viloyati Shahrisabz tumani Favqulodda vaziyatlar bo’limining “1050” qisqa raqami orqali Shahrisabz tumani “Pillakashlik” MFYda istiqomat qiluvchi fuqaroning sigiri hovlisida qazilgan chuqurligi 4 metr bo’lgan quduqqa tushib ketganligi hamda uni olib chiqishda amaliy yordam so’rab murojaat qilgan.

Mazkur murojaat yuzasidan, tuman yong’in-qutqaruv otryadi aytilgan manzilga zudlik bilan yetib bordi. Qutqaruvchilar tomonidan olib borilgan tezkor harakatlar natijasida, maxsus qutqaruv asbob-anjomlari yordamida sigir quduqdan chiqarib olindi.