Oltin nega qimmat turishiga izoh berildi

Oltin bilan kumush narxida mavjud bo’lgan farq o’zining qonuniy asosiga ega, deydi Rossiya hukumati huzuridagi Moliya universitetining jahon moliya departamenti rahbari Yelena Zvonova “Praym” agentligiga bergan intervyusida.

Oltinning qimmat bo’lishiga birinchi sabab uning uzoq tarixga egaligi. Oltin tangalar har doim kumushdan yuqori baholangan, chunki oltin tabiatda kumushga qaraganda kam uchraydi.

Ikkinchi sababi – qazib olish texnologiyasida. Kumushga qaraganda oltinni qazib olish qiyinroq.

Uchinchi sabab – uning monetar hususiyatida. Oltin pul vazifasini bajargan.
Moliya tizimida 1971 yilgacha oltin standartiga amal qilinardi. Keyin AQSh dollar qiymatini oltinga bog’lab baholashni bekor qildi, lekin u monetar vazifasini saqlab qoldi.

Davlatlarning markaziy banklari zaxiralarini oltin quymalarida saqlaydi, fuqarolar esa jamarmalarini oltin tangalarda asrab keladi. Oltin inflyatsiya va boshqa xavflardan omon saqlaydigan aktiv hisoblanadi.

To’rtinchi sabab – moliyaviy. Oltinning monetar tabiati uning birja savdolarida qo’llanishiga sabab bo’ldi.

Beshinchi sabab – psixologiyada. Oltin hamisha boylik va muvaffaqiyat belgisi sifatida qabul qilingan.

tarjumon.uz