Suonsi universiteti (Buyuk Britaniya) olimlari bu borada tajriba o’tkazdi.
Tajriba shuni ko’rsatdiki, ijtimoiy tarmoqlardagi ishtirokini kamaytirish so’ralgan guruh immuniteti o’rtacha 15 foizga yaxshilangan — ular shamollash, gripp va so’gallardan kamroq aziyat chekishgan.
Bundan tashqari, ular uyqu sifatini 50 foizga yaxshilagan va depressiya belgilari soni 30 foizga kamaygan.
Shunisi e’tiborga loyiqki, ijtimoiy tarmoqlardan foydalanishni kuniga 15 daqiqaga qisqartirishni so’raganlar asta-sekin bu vaqtni mustaqil ravishda oshirdilar. Tadqiqot yakunida ular ijtimoiy tarmoqlarda avvalgiga qaraganda o’rtacha 40 daqiqa kamroq vaqt o’tkazishgan.
Izohlarni ko`rish