1. YuGURISh: Agar tushingizda ko’pchilikning orasida yugurib ketayotgan bo’lsangiz, quvnoq bir davraga tushib qolishingiz kutiladi. Bundan tashqari, shaxsiy hayotning qaysidir jabhasida omad kulib boqadi. Mabodo yugurayotib yiqilib tushsangiz, odamlar orasidagi hurmatingizga putur yetadi.

Yolg’iz yugursangiz, do’stlar va tanishlarni pul topish masalasida quvib o’tasiz, jamiyatdagi o’rningiz mustahkamlanadi.

2. JARLIK: Tushda jarlikka tikilib qarash kim bilandir janjallashib qolishingiz, shaxsiy hayotda jiddiy muammolarga duch kelishingiz mumkinligini anglatadi.

Ayol kishi tushida jarlikka qarab turgan bo’lsa, o’zi istamagan holda kimgadir mehr, oqibat ko’rsatishi mumkin.

3. YaNGI KIYIM: Tushda yangi kiyim sotib olish hurmatingiz oshishidan dalolat beradi. Yangi, yorqin rangli kiyimda bo’lsangiz, jamiyatda hurmatga erishasiz. Yirtiq kiyimda bo’lsangiz, aksincha hurmatingiz yo’qolishi va qandaydir ko’ngilsizlikka duch kelishingiz ehtimoli bor. Kimgadir yangi kiyim sovg’a qilsangiz, bu ham hurmat topishingizning belgisi.

4. MURDA: Tushda murdani ko’rsangiz, tirik, anchadan beri ko’rmagan odam bilan uchrashasiz. Murda bilan quchoq ochib ko’rishish yangi tanishlar orttirishdan dalolat hisoblanadi. Murdaga yegulik berish ko’ngilsizlik olib keladi. Murda sizga yegulik bersa, rizqingiz butlashadi.

5. GULZOR: Tushda rang-barang gullardan iborat bog’da sayr qilish yaxshi odamlar davrasida bo’lishdan darak. Gullardan birini uzib olsangiz, hurmatingizga hurmat, baxtingizga baxt qo’shilishi mumkin.

6. NON: Tushda nonni ko’rish yangi rizq sizni qaerdadir kutib turganidan darak beradi. Non yeyish o’sha rizqni qidirib topishingiz belgisi. Tandirda pishayotgan bo’rsildoq nonlarni ko’rsangiz, qo’lingizga pul tushadi, qo’shimcha daromadga ega bo’lasiz.

7. XASTALIK: Qizlar tushida kasalga chalinsa, turmushga chiqishidan darak. Qarindoshlardan birini xasta holda ko’rsangiz, oilangizda katta yo kichik ko’ngilsizlik yuz berishi mumkin.

Tushda quturish xastaligiga yo’liqish hasadgo’ylar nazariga tushishingizdan darak beradi. Sizni quturgan it tishlab olsa, real hayotda do’stlardan biri sizni boplab chuv tushirishi mumkin.

Badanga yara toshib ketgan bo’lsa, kutilmagan ko’ngilsizlik paydo bo’lish ehtimoli bor.

8. ChO’MILISh: Zilol suvda cho’milish yaxshilikka erishishingiz belgisidir. Agar loyqa suvda cho’milayotgan bo’lsangiz, sizni ko’ngilsizliklar kutib turadi. Cho’milayotib zilol suv og’zingizga kirib ketsa va suvni yutib yuborsangiz, qo’rqmang, har sohada omadingiz keladi. Xasta bo’lsangiz, tuzalish pallasiga kirasiz.

dmitrysmor.ru

ShIRIN TUShLAR KO’RING!