Sevgilisini harbiy qismdagi xonasiga yashirib qo'ygan erkak

Samolyot ustasi ikki hafta davomida ayolni harbiy bazadagi xonasida yashirib qo’ydi, deb xabar qildi RIA Novosti.

Erkak bu holatni bekitishga harakat qilib, “Iltimos, xona tozalanmasin” degan yozuvni eshikka osib qo’ydi. Biroq xonadan kelayotgan hid shikoyatlarga sabab bo’ldi. Shundan so’ng, bir guruh zobitlar xonani tekshirish uchun kelishdi. Ular shkafda harbiy kiyim orqasidan ayolni topishdi.

Ayol – Sharq mamlakatlaridan birining fuqarosi, Gollandiya pasportiga ega. Harbiy qismda ayol erkakni aldab, undan maxfiy sirlarni bilib olishi mumkinligi haqida gumon qilishdi.

Erkak sevgilisining josus ekanligi haqidagi shubhalarni rad etdi. Manbaning ma’lum qilishicha, ayol ruxsatnomasiz qo’riqlanadigan hududga kirgan.

Gazetaning yozishicha, sevishganlar 2019 yilda tanishgan. Erkak qizni Rojdestvo ta’tilidan keyin avtomobil yukxonasida olib kelib, o’z xonasida yashirib qo’yadi. Harbiy xizmatchi jiddiy qonunbuzarlik sodir etgan va qamoq jazosiga hukm qilinishi mumkin. Ayol Britaniyani tark etdi.

Dengiz kuchlari vakilining so’zlariga ko’ra, hodisa yuzasidan tekshiruv tayinlangan. U ayol Yevropa Ittifoqi fuqarosi ekanligini va unga  josuslikda ayb qo’yilmagani ta’kidlandi.

sputniknews-uz.com