Sentyabr oyida Alibaba.com platformasida O'zbekiston milliy onlayn paviloni ishga tushadi

“Dunyo” axborot agentligiga ko’ra, elektron tijoratni rivojlantirish maqsadida O’zbekistonning Shanxaydagi Bosh konsulligi tashabbusi bilan “Alibaba.com onlayn platformasida O’zbekiston tovarlarini targ’ib qilish” mavzusida onlayn taqdimot bo’lib o’tdi.

Xitoy tomoni O’zbekiston tadbirkorlari uchun Alibaba.com platformasining imkoniyatlari, savdo shartnomalari, hamkorlik istiqbollari, shuningdek, O’zbekiston milliy onlayn-paviloniga ulanish jarayoni haqida taqdimot o’tkazdi.