O'zbekiston erkaklar terma jamoasi Armaniston terma jamoasi ustidan ishonchli g'alaba qozondi

Shaxmat olimpiadasining 9-turida O’zbekiston erkaklar terma jamoasi Armaniston terma jamoasi ustidan ishonchli g’alaba qozondi (3:1).

Umumjamoa hisobida o’zbekistonlik shaxmatchilar 1-o’ringa ko’tarilishdi.

O’zbekiston ayollar terma jamoasi esa Isroil terma jamoasiga imkoniyatni (2,5:1,5) boy berib qo’ydi.