15 yoshli o’zbekistonlik yengil atletikachi yoshlar o’rtasidagi JChda g’alaba qozondi.
Kolumbiyaning Kali shahrida yengil atletika bo’yicha yoshlar o’rtasidagi (U20) jahon chempionatida Sharifa Davronova uch hatlab sakrash dasturida 14.04 metr natija bilan g’alaba qozondi.
Davronova eng yaqin ta’qibchisini 66 smga ortda qoldirdi. Shuningdek, uning natijasi U20 tasnifida mavsumning eng yaxshi ko’rsatkichi bo’ldi.
Izohlarni ko`rish