“Samsung” kompaniyasi muzlatkichdagi mahsulotlar yordamida yangicha tanishish usulini joriy qildi.

Mazkur xizmat turi muzlatkichining suratiga nazar tashlash orqali insonni chin ma’noda bilib olishni ko’zda tutadi va real uchrashuvlar tashkil etishda qo’l keladi. Chunki ijtimoiy tarmoqlarda ko’pchilik o’z suratini emas, butkul boshqa insonning fotosini joylashtirishi mumkin.

“Refrigerdating” dasturi orqali insonning qanday turmush tarzini olib borayotganini ham bilib olish mumkin. Shirinxo’rlar ko’pincha shirinliklarni g’amlab qo’yishadi, sportchilar esa proteinga boy kuchli taomlarni ma’qul ko’rishadi.

Tanishish uchun dastlab juftlikdan muzlatkichdagi mahsulotlarni suratga tushirib, joylash so’raladi, xolos.