Saudiya Arabistoni Podshohi «Oliy darajali Imom Buxoriy» ordeni bilan mukofotlandi

O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Ikki muqaddas masjid xodimi – Saudiya Arabistoni Podshohi Salmon bin Abdulaziz Ol Saudni mamlakatimizning yuksak mukofoti – «Oliy darajali Imom Buxoriy» ordeni bilan mukofotladi.

Ma’lumki, bu orden yaqinda, O’zbekiston Respublikasining 2022 yil 15 avgustdagi qonuniga muvofiq ta’sis etildi. U bilan ilm-ma’rifatni rivojlantirish, islom olami mutafakkirlari merosini o’rganish va keng targ’ib qilishdagi alohida xizmatlari uchun olimlar, tadqiqotchilar, adiblar, shuningdek, xorijiy davlatlar va hukumatlar rahbarlari mukofotlanadi.