Quyoshda turli xil quvvatdagi bir qator chaqnashlar sodir bo’ldi, buning natijasida kosmosga milliardlab tonna plazmaning ulkan oqimi chiqqan. U Yer tomon yaqinlashmoqda. Bu haqda Zamon.uz sayti yozmoqda.
Plazma oqimi geomagnit bo’ronga sabab bo’ladi.
Qayd etilishicha, bu radioaloqa va GPS tizimlarining ishlashida uzilishlarga olib keladi.
Bundan tashqari, mutaxassislar quyosh faolligi oshishini taxmin qilmoqda. 2024-yil oxirida Quyoshdagi eng kuchli otilishlar yuz berishi kutilyapti.
Izohlarni ko`rish