Saudiya Arabistoni 2034 yilgi Jahon Chempionati mezbonligi uchun ariza topshirdi

Saudiya Arabistoni 2034 yilgi Jahon Chempionati mezbonligi uchun ariza topshirdi.

 

Saudiya Arabistoni futbol federatsiyasi (SAFF) JCh—2034 mezbonligi uchun FIFAga xat yubordi. Arizani tashkilot prezidenti Yosir al-Musexal imzolagan.

“Bu xalqimiz bosib o’tayotgan hayajonli sayohatning ikkinchi bosqichidir. O’tgan hafta biz 2034 yilgi mundialni o’tkazish niyatimiz borligini e’lon qilgandi va bu rasmiy ariza xalqimiz orzularini ro’yobga chiqarishga sodiqligimizni tasdiqlaydi”, — deyiladi bayonotda.

Avvalroq, JCh—2030 Argentina, Ispaniya, Portugaliya, Urugvay, Paragvay va Marokashda o’tkazilishi ma’lum qilingandi.