O’zbekistonda 01 777 RRR davlat raqami uchun 893 million so’m yoki amaldagi kurs bo’yicha 75 ming dollarga sotildi.
2022 yilning may oyida 50 777 ZZZ avtoraqami 669 million 600 ming so’mga sotilgandi.
Ma’lumot uchun, avtoraqamlarni onlayn-auksionlarda sotilishidan kelib tushgan mablag’larning 80 foizi O’zbekiston Respublikasi Davlat byudjetiga, 20 foizi esa O’zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining moddiy-texnik bazasini rivojlantirish, xodimlarini moddiy rag’batlantirish va boshqa xarajatlar Maxsus jamg’armasiga yo’naltiriladi.
Izohlarni ko`rish