Biznes Ombudsman tomonidan tadbirkorlik sub’yektlarining bank hisobvaraqlaridan pul mablag’larini qonunga xilof ravishda olib qo’yish yoxud ortiqcha undirilgan pul mablag’larini o’z vaqtida qaytarmaganlik uchun javobgarlikni belgilovchi qonunchilikka kiritilgan o’zgarishlar to’g’risida tadbirkorlik subyektlari o’rtasida keng tushuntirish ishlari olib borildi.
Shu bilan birga mazkur o’zgartirishlar joriy yil 12 avgustdan boshlab kuchga kirganini e’tiborga olgan holda Toshkent viloyatidagi mazkur yo’nalish uchun bevosita aloqador bo’lgan bank va soliq organlarining mas’ul xodimlari ishtirokida targ’ibot va tushuntirish ishlari olib borilmoqda.
Xususan bu uchrashuvlarda tadbirkorlik sub’yektlarining pul mablag’larini ularning roziligisiz o’tkazganlik, olib qo’yganlik yoki ortiqcha undirilgan mablag’larni o’z vaqtida qaytarmaganlik uchun O’zbekiston Respublikasining “Jinoyat”hamda “Ma’muriy javobgarlik to’g’risida” gi kodekslarda belgilangan javobgarlik choralari va ularni qo’llash tartibi to’g’risida o’zlarini qiziqtirgan savollarga batafsil tushuntirishlar berib o’tilmoqda.
Nazorat qiluvchi organlarning o’zlari ham qonunchilikka kiritilgan ushbu qo’shimcha va o’zgartirishlar tadbirkorlik sub’yektlarining mulkiy huquqlari daxlsizligini huquqiy jihatdan himoya qilish samaradorligini oshirishga xizmat qilishini e’tirof etmoqdalar.