Safranbolu YuNESKO ro'yxatidagi 29 yilligini nishonlamoqda

YuNESKO tomonidan Jahon merosi ro’yxatiga kiritilganining 29 yilligini nishonlagan Karabukning Safranbolu tumani o’tgan yillar davomida millionlab sayyohni qabul qildi.

“Eng yaxshi himoyalangan 20 shahar” qatoridan joy olgan Safranbolu, YuNESKO tomonidan Jahon merosi ro’yxatiga kiritilgan kun, 1994 yil 17 dekabrdan buyon tarixiy ko’chalarida tashrif buyuruvchilarni o’tmishga sayohat qilishga chorlab kelmoqda.

1976 yilda Turk hujjatli film ustasi marhum Suha Arin tomonidan suratga olingan “Safranboludagi vaqt” filmi omma e’tiboriga tushishi ortidan, kelasi yil 14-Antaliya kinofestivalida “eng yaxshi qisqa metrajli film” mukofotini qo’lga kiritgan tuman, o’tgan vaqt davomida o’zining madaniy holatini ijobiy saqlab, 1994 yil dekabr oyida YuNESKOning Butunjahon merosi ro’yxatiga kiritilgan.

Usmonlilar me’morchiligi, shahar hayoti va madaniyatini aks ettirgani uchun “Usmonli imperiyasining barmoq izi” deb atalgan Safranboluda, o’sha davrdan qolgan karvonsaroy, hammom, ko’shk, favvora, masjid, ko’prik va o’sha davrga oid ko’plab topilma asarlar mavjud.

70 gektar maydonda 1466 ta ko’chmas madaniy boyliklar

Safranbolu tumani hokimi Shaban Arda Yaziji AA muxbiriga, YuNESKOning dunyoda himoya qilinishi lozim deb topilgan va insoniyatning umumiy meros sifatida ko’rishi mumkin bo’lgan ba’zi tarixiy obidalar muhofazasi kuchli nazorat ostiga olinganini va ro’yxatga qo’shilganiga 29 yil to’lgani ortidan Safranboluda keng qamrovli ishlar amalga oshirilganini aytib o’tdi.

“Joriy yilda 108 mamlakatdan 1 millionga yaqin mehmonni qabul qildik”

Tumanda bu yil 108 mamlakatdan kelgan ziyoratchilarni qabul qilganliklarini izohlagan Yaziji, “Ziyoratchilarning tarix isi anqib turgan ko’chalarni kezib, uylarda tunab qolishi mumkinligi va Safranboluning mazali taomlaridan bahramand bo’lishlarini ko’rish… Shuningdek, Musulmon davlatlaridan kelib, tarixiy masjidlarimizda namoz o’qiyotgan sayyohlarimizni ko’rib, katta zavq va baxtni his etamiz” – deydi u.

Xorijlik sayyohlar sonining o’tgan yilga nisbatan 250 foizga ortganini ifoda etgan Yaziji, mahalliy tashrifchilarni hisobga olgan holda, o’tgan yilga nisbatan jami ziyoratchilar sonida 20 foiz ortish kuzatilganini qayd etdi.

BO’LIShISh Facebook Twitter AvvalgiFox News telekanali Jo Baydenni 2023-yilda eng katta siyosiy jihatdan yutqazganlar ro’yxatiga kiritdiKeyingiYangi yil bayrami arafasida bolalar «Oppog’oyning uyiga tashrif» buyurishdi (foto) Navbahor Inomjonova O’XShASh MAQOLALARMUALLIFDAN Safranbolu YuNESKO ro'yxatidagi 29 yilligini nishonlamoqda Bu qiziq Vladimir Putinning 1990-yillarga oid tashrif qog’ozi kim oshdi savdosida sotildi Safranbolu YuNESKO ro'yxatidagi 29 yilligini nishonlamoqda Bu qiziq TURKIYaNING YaNGI YIL YO’NALIShLARI… Safranbolu YuNESKO ro'yxatidagi 29 yilligini nishonlamoqda Bu qiziq “Qaynoq chegirma»li tovarlarni sotib olishda ogoh bo’lishga chaqirildi FIKR BILDIRISh Javobni bekor qilish Please enter your comment! Please enter your name here You have entered an incorrect email address! Please enter your email address here

Tavsiya qilamiz Safranbolu YuNESKO ro'yxatidagi 29 yilligini nishonlamoqda Yurtimizda Farg’ona viloyatidagi yoqilg’i quyish shaxobchalarida neft mahsulotlari sifati yuzasidan nazorat tadbirlari… Behruz Hayitov — 20.12.2023, 23:29 0