Jahon sog’liqni saqlash tashkiloti tomonidan Ramazon oyida sog’lom ovqatlanish bo’yicha e’lon qilingan tavsiyalar saharlik va iftorlik uchun taom tayyorlashga doir maslahatlarni ham o’z ichiga oladi! Jumladan:
Yog’li mahsulotlar, ayniqsa, charvi yoki quyruqli go’sht, qatlamali, yog’/margarin yoki sariyog’ qo’shilgan xamirdan tayyorlangan taomlar iste’molini kamaytirish kerak.
Masalliqlarni qovurish o’rniga, ovqat tayyorlashning boshqa, masalan, bug’da, sousda pishirish, kam miqdordagi yog’da qovurib, pechda qizartirish kabi usullaridan foydalanish tavsiya etiladi.
‼️Tarkibiga me’yordan ortiq tuz qo’shilgan oziq-ovqatlarni iste’mol qilmang!
Sosiska, kolbasa, dudlangan, qayta ishlangan va tuzlangan go’sht;
baliq mahsulotlari,
zaytun mevasi, sho’r bodring,
tuzli pishloqlar, gazaklar,
mayonez, ketchup va xantal qo’shilgan salatlar,
souslar shular jumlasidandir.
Ovqat tayyorlashda tuzdan iloji boricha kamroq foydalanish va tuzdonni stol ustidan panaga olib qo’yish tavsiya etiladi.
Pishirilayotgan taomlar ta’mini yaxshilash uchun turli o’t va ziravorlardan foydalanish maqsadga muvofiq