Bronxial astmaga chalingan Petropavlovskda yashovchi 54 yoshli ayol to’satdan bo’g’ilib qola boshlagan.
Ayolning nafas olishi va qon aylanishi to’xtab qolgan, deb yozadi @sputnikKZ.
Voqea joyiga yetib kelgan tez tibbiy yordam xodimlari reanimatsiyani boshlagan. Va faqat 7-siklda shifokorlar yurakni ishga tushirishga muvaffaq bo’lishgan, ayol nafas ola boshlagan.
Hozir bemor reanimatsiyadan intensiv terapiyaga o’tkazilgan.
Izohlarni ko`rish