«PSJ» muxlislari Messidan norozi

«PSJ» hujumchisi Lionel Messini «Lion»ga qarshi bahsda parijlik muxlislar yaxshi kutib olmadi.

Argentinalik futbolchi Kristof Galtyening jamoasida asosiy tarkibga tushdi va diktor uning familiyasini aytib, tanishtirganda parijlik muxlislarning bir qismi futbolchiga hushtakbozilik qilishdi. Biroq ayrim muxlislar 35 yoshli futbolchiga qarsaklar bilan munosabat bildirishdi.

Eslatib o’tamiz, Lionel Messi «PSJ» bilan yangi shartnoma borasida kelisha olmayapti. So’nggi haftalarda ommaviy axborot vositalarida futbolchining yaqin orada «Barselona»ga qaytishi haqidagi xabarlar ko’proq paydo bo’ldi.