Rossiyaning Rostova-na Donu shahrida yashovchi Mixail Shipunovning aytishicha, uning uyida erkak va urg’ochi mushuk bor. 2, 5 yoshli urg’ochi mushugi Angliyaning zotdor mushuklari avlodi hisoblanib, bir kun oldin to’yib ichkilik ichib, ertalab poxmeldan qiynalganlarni shu darddan qisqa muddatda xalos etadi. Bundan tashqari, erkak xo’jayinga qo’shni ayollarni yaqinlashtirmaydi. Mixail xuddi shu mushukni sotuvga qo’ydi. Mushukning bahosini 15 million rubl etib belgilagan. U uy egalarini boshqa turli xastaliklardan xalos etishda ham tengsiz. Bu mushuk shirinliklarni xush ko’radi.
E’lon bo’yicha bir necha odam Mishaga qo’ng’iroq ham qildi. Ammo hozircha narxini kelishishgani yo’q.
Izohlarni ko`rish