Rossiyada o'zbekistonlik erkakning boshiga muz bo'lagi tushib ketdi

Rossiyaning Vsevolojsk tumanida o’zbekistonlik erkakning boshiga muz tushib ketdi. Bu haqda 78.ru xabar berdi.

Erkak 42 yoshda bo’lib, og’ir ahvolda kasalxonaga yotqizilgan. Unda bosh jarohati, miya chayqalishi, qon ketishi va boshqa jarohatlar qayd etilgan. Hodisa 1 yanvar kuni sodir bo’lgan, ammo erkak sakkiz kundan keyin yordam so’rab shifokorlarga murojaat qilgan. Jabrlanuvchi bilan yuz bergan hududda videokuzatuv kameralari bo’lmagan.