Microsoft kompaniyasi OpenAI’ning 49% ulushini sotib olmoqchi

Microsoft ChatGPT egasi OpenAI’ga 10 milliard dollar sarmoya kiritishni rejalashtirmoqda, deb xabar beradi Reuters.

Agar tomonlar kelishuvga erishsa, Microsoft dastlabki sarmoyasini tiklamaguncha OpenAI foydasining 75 foizini oladi.

Shundan so’ng, Microsoft OpenAI’ning 49% ulushini, boshqa investorlar esa yana 49% ulushini olishi kutilmoqda va OpenAI notijorat bosh kompaniyasida 2% qoladi.

Tesla egasi Ilon Mask va investor Sem Altman tomonidan asos solingan OpenAI sun’iy intellekt texnologiyalarini ishlab chiqadi va litsenziyalaydi.