Shu kunlarda respublikamizga noodatiy sovuq havo oqimi kirib kelayotganligi barchaning diqqat markazida. Ayniqsa, hafta o’rtasida havo haroratining keskin pasayishi kutilmoqda. Bunday sharoitda qorasovuqning salbiy ta’sirini kamaytirish va uni yumshatish choralarini ko’rish juda zarur. Bu borada bog’ va xonadonlarimizdagi mevali daraxtlarni, ayniqsa o’tgan kuz faslida qadalgan nihollarni sovuqdan asrashga har birimiz e’tiborli bo’lishimiz kerak. Buni amalga oshirish uchun esa xalqimiz orasida sinovdan o’tgan va qo’llash oson bo’lgan tadbirlar bor. Bunday tadbirlar orasida eng muhimlariga ta’rif berib o’tamiz.
Bog’larni sovuqdan asrashda keng qo’llaniladigan tadbirlardan biri, bu – tutun hosil qilish. Bunda mahalliy sharoitda keng tarqalgan somon, shox-shabbalar, barg xazonlaridan uyum hosil qilib ularni tutatish daraxt va nihollarni sovuq urishidan saqlaydi. Shuningdek, chorva mollari tezaklaridan foydalanib ham tutun hosil qilish bog’larda sovuqning ta’sirini kamaytirishga sezilarli darajada xizmat qiladi.
Yosh daraxtlarni sovuqdan asrash uchun qop kiyidirish amaliyoti ham xalqimiz orasida keng qo’llaniladi. Bunda qop lattali materialdan bo’lishi tavsiya etiladi.
Sovuqning ta’sirini kamaytirishning yana bir usullaridan biri bog’ qator oralarini sug’orish hisoblanadi. Bunda suv harorati havo haroratidan yuqori bo’lganligi uchun ushbu hududdagi havo haroratini yumshatishga xizmat qiladi. Ikkinchi tomondan hosil bo’lgan suv bug’lari yerning va daraxtlarning nurlanishini kamaytiradi hamda havo haroratini pasayishiga yo’l qo’ymaydi.
Quyida respublikamizda keng tarqalgan mevali daraxtlar va ularning sovuqqa chidamliligi bo’yicha ayrim ma’lumotlarni keltirib o’tamiz.
Shaftoli – sovuqqa chidamsiz, bir yillik novdalari -22-260S da nobud bo’ladi.
Olma – janubiy navlari harorat 32-350S dan past bo’lganda, ba’zilari esa – 210S da nobud bo’ladi.
O’rik – yog’ochligi yaxshi pishgan bo’lsa, – 300S gacha chidaydi.
Gilos – sovuqqa chidamsiz, – 280S da sovuq uradi.
Yong’oq – bir yillik ko’chatlari -25-260S da nobud bo’ladi.
Anor– harorat 12-150S gacha pasayganda bir yillik novdalari, 15-160S da shox-shabbalari qattiq zararlanadi,18 –200S da barcha yer ustki qismi nobud bo’ladi.
Anjir – harorat 150S da bir yillik yangi novdalarini, – 160S da ko’p yillik shoxlarini, -180S da esa o’simlikning ildiz bo’g’zigacha bo’lgan yer ustki qismini sovuq uradi.
Xurmo-sovuqqa chidamligi jihatdan subtropik o’simliklardan ustun turadi, shox-shabbasi -18-200S da anchagina zararlanadi.
Yuqorida ko’rsatilgan harorat asosan voyaga yetgan daraxtlarga nisbatan olingan. Ushbu mevali daraxtlarning yangi ekilgan ko’chatlari esa yuqorida ko’rsatilgan haroratlarda ko’proq zarar ko’rishini e’tiborga olish zarur.
Baxrom Xolmirzayev,
Davlat Normurodov
SamDU Agrobiotexnologiyalar
va oziq-ovqat xavfsizligi instituti dotsentlari.