Rossiya poytaxti yaqinidagi Mitishi shahrida yashovchi erkak turmush o‘rtog‘iga yoqmagan Porsche Macan avtomobilini axlatga tashladi. Bu haqda “Gazeta.ru” xabar berdi.
Erkak avtomobilni 14 fevral kuni rafiqasiga sovg‘a qilish uchun sotib olgan. Mashina shikastlangani sababli erkak dastlab uni tuzatib, 8 mart kuni ayoliga berishni ham o‘ylagan, lekin uni ta’mirlash va’dasi bilan shu zahotiyoq sovg‘a qilishga qaror qilgan.
Biroq ayolga bu sovg‘a yoqmagan va uni rad etgan. Erkak esa mashinani chiqindixonaga tashlagan. Mahalliy nashrlarning yozishicha, mashina axlatxonada 12 kundan beri yotibdi, shu atrofda yashovchi aholi u bilan suratga tushmoqda.