Joriy yilning 30 iyun kuni Rossiya Federatsiyasi «Moskva-Volgograd» avtomobil yo’lida yuz bergan avtohalokatda tan jarohatini olgan fuqarolarimiz Vatanga qaytarildi.
Fuqaro B.G. va K.G.ning davolanishi bilan bog’liq xarajatlari sug’urta kompaniyasi hamda Volgograd viloyatidagi o’zbek diasporasi vakillari tomonidan yig’ilgan mablag’lar hisobidan to’lab berildi.
Ushbu fuqarolar shifoxonada to’liq reabilitatsiyadan o’tganidan so’ng, Xorijda mehnat faoliyatini amalga oshiruvchi fuqarolarni qo’llab-quvvatlash hamda ularning huquq va manfaatlarini himoya qilish jamg’armasi mablag’lari hisobidan Volgograd-Moskva-Urganch yo’nalishida aviachipta rasmiylashtirildi.
Yurtdoshlarimiz bugun, 10 avgust kuni Urganch shahriga yetib keldi.
Izohlarni ko`rish