Samarqand viloyatidan Z.X oilasidagi moliyaviy qiyinchilik sababli Rossiyaning Chelyabinsk shahriga ishlash maqsadida ketgan. Fuqaro Z.Xning ijtimoiy tarmoqlar orqali uysiz va pulsiz, voyaga yetmagan farzandlari bilan qiyin ahvolda qolganligi, shunga ko’ra Vatanga qaytishga yordam so’ragan murojaati tarqaldi.Bu haqda Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, tashqi mehnat migratsiyasi agentligi tomonidan ushbu fuqarolar bilan aloqa o’rnatilib, vaqtincha yashash joyi (xostel)ga joylashtirilgan. Fuqaroning 2 nafar farzandiga O’zbekistonning Yekaterinburg shahridagi Bosh konsulxonasi tomonidan «Vatanga qaytish guvohnomasi» rasmiylashtirib berilgan.
Shuningdek, 18 iyun kuni Xorijda mehnat faoliyatini amalga oshiruvchi fuqarolarni qo’llab-quvvatlash hamda ularning huquq va manfaatlarini himoya qilish jamg’armasi mablag’lari hisobidan Yekaterinburg-Samarqand yo’nalishidagi aviareys orqali O’zbekistonga qaytarildi.