Ijtimoiy tarmoqda Rossiya xalq artisti Yuriy Stoyanov O’zbekiston oldida qarzdor ekanligini tan olganligi haqida video rolik paydo bo’ldi.

“Men Odessada tug’ilib, butun umr Moskva va Peterburgda yashagan odam O’zbekiston haqida gapishirim uchun hayron bo’lmanglar. Aynan shu mamlakat tufayli men Odessada tug’ilganman”, – dedi aktyor videoda.

Urush yillarida artistning onasi oilasi bilan Stalingraddan Toshkentga evakuatsiya qilingan.

“Mening onam o’zbek o’qituvchisi oilasiga tushgan, uning yettita farzandi bo’lgan. 1943 yilda o’qituvchi u maktabga borish vaqti kelganda, yagona bo’lgan dasturxondan sumka, uning turmush o’rtog’i esa uyda yagona pardadan kuylak tikib bergan”, – deydi aktyor.

Stoyanovning so’zlariga ko’ra, o’qituvchining katta oilasi har doim yerda yetgan, uning onasi esa – karavot to’shakda yotgan.

Stoyanov «o’zbeklar – noyob, dono, buyuk va juda kamtarin xalqdir», – deb alohida ta’kidlaydi.