* * *
Bemor:
— Do’xtir, ko’p g’am chekish oqibatida sochlarim oqarib ketdi.
Vrach:
— Nima tufayli g’am chekdingiz?
Bemor:
— Sochlarim oqarib ketgani tufayli.
* * *
Xasis boshqa bir xasis do’stini uchratib dedi:
— Og’ayni, sen yaqin do’stingga yuz ming so’m qarz bergan bo’larmiding?
— Albatta. Ammo mening yaqin do’stim yo’q.
* * *
— Do’xtir, yoshim saksonda, ammo haliyam ayollar ketidan chopganim-chopgan.
— Bu yaxshi-ku, otaxon!
— Yaxshilikka yaxshi, lekin nima uchun chopayotganimni esdan chiqarib qo’yaveraman!
* * *
Ikki jinni ko’chada turishgandi, tepalarida vertolyot muallaq turib qoldi. Biri ikkinchisidan so’radi:
— Nega anavi vertolyot tepamizda turib qoldi?
— Benzini tugadi shekilli.
* * *
Sirk direktori militsiyaga qo’ng’iroq qilib dedi:
— Filimiz qochib ketdi! Iltimos, topishda yordam bering!
— Asosiy belgilarini ayting!
* * *
Er-xotin janjallashyapti:
— Siz mening qonimni ichyapsiz!
— Nima? Men-a? Yo’q, sen mening qonimni ichyapsan!
Shu payt divanda qo’g’irchoq o’ynab o’tirgan to’rt yashar qizaloq dedi:
— Oyi, dada, nima, sizlar vampirmisiz?
* * *
To’rt yoshli qiz onasidan so’radi:
— Oyi, mashina nima yeydi?
— Benzin.
— Nima ichadi?
— Benzin.
— Uf-f, xuddi bog’chadagiga o’xsharkan! Har kuni bo’tqa, bo’tqa!..
* * *
Ayol qo’shni ayoldan so’radi:
— O’rgilay, siz pishloqni yaxshi ko’rasizmi?
— Yo’q.
Ayol lab burgancha xayolan dedi:
«Kalamush pishloqni yomon ko’rishini birinchi ko’rishim…»
* * *
Muallima o’quvchilarga dedi:
— Kim birinchi bo’lib doskaga chiqsa, bahosi bir ballga ko’tariladi!
Shunda orqa partada o’tiradigan Toshmat dast o’rnidan turib dedi:
— Menga «uch» qo’yavering! Birinchi bo’lib doskaga o’zim chiqaman!
* * *
Telefon jiringladi. Go’shakni Eshmatning onasi ko’tardi.
— Kim bu?
— Men Eshmatning do’stiman! Eshmat qaerda?
Ona zarda aralash javob qildi:
— Katta xolasinikida.
— Qachon qaytadi?
Olimjon HAYIT