Mutaxassislar 2020 yilda bo’lgan to’ylar sonini tahlil qilishdi va har 10-nikoh – internatsional bo’lgan, degan xulosaga kelishdi. Bu Bryansk viloyatida o’tkazilgan qiziqarli tadqiqotda aniqlandi.
5 333 ta nikohning 566 tasi rossiyaliklar va chet elliklar, shu jumladan Markaziy Osiyo davlatlaridan kelgan migrantlar o’rtasida bo’lgan. Kelin yoki kuyov O’zbekiston (19), Tojikiston (20), Qozog’iston (9), Qirg’iziston (3) davlatlaridan kelgan.
Shuningdek, Ukraina (244), Ozarbayjon (84), Belarus (75), Armaniston (37), Gruziya (5) fuqarolari Bryansk viloyatida istiqomat qiluvchi fuqarolar bilan turmush qurishdi. Bundan tashqari, Latviya, Litva, Turkmaniston va Pridnestrovye Moldaviya Respublikasidan kelgan kishilar rossiyaliklar bilan nikohdan o’tgan.
Bryanskdagi ZAGS idoralarida Isroil, Italiya, Albaniya, Vyetnam, Germaniya, Misr, Meksika, Pokiston, Serbiya, Chexiya fuqarolari bilan nikoh ro’yxatdan o’tkazilgan. Biroq, 2020 yilda bunday nikohlar soni juda kam.
RF fuqarolari nafaqat Bryansk viloyatida, balki mamlakatning boshqa hududlarida ham chet elliklar bilan turmush qurish holatlari qayd etildi. Masalan, Moskvada. Ma’lumki, 2020 yil boshidan buyon poytaxtda yaqin va uzoq xorij davlatlaridan kelgan fuqarolar bilan 6 mingdan ziyod nikoh qayd etilgan bo’lib, bu ro’yxatdan o’tgan nikohlarning umumiy sonining 15 foizini tashkil etadi.
Bundan tashqari, ko’pincha internatsional juftliklar, bu yerda aynan kuyov chet el fuqarosi bo’lgan. Biroq, chet ellik kelinlar ham kam emas.
sputniknews-uz.com