“Rollton” ugralarini ishlab chiqaruvchi “Mareven” kompaniyasi tushlikda o’z kompaniyasi mahsulotini emas, “Doshirak”ugralarini yeb o’tirgan bir ishchisini ishdan bo’shatdi. Ishchi ham ugralarni shunchaki yeyish bilan cheklanmasdan begona kompaniya mahsulotidan mazza qilayotganini suratga tushirib, uni “Instagram” ijtimoiy tarmog’iga joylashtiribdi.
Biroq bu hol yigit uchun kutilmagan muvaffaqiyat olib keldi. Sergeyning ijtimoy tarmoqdagi rasmini ko’rgan “Doshirak Rus” kompaniyasi uni bajonidil ishga olishga rozi bo’ldi. Buning ustiga unga 30 foiz ustama maosh ham belgilashdi. Shuningdek, yangi ishchilari uchun eng kam oylik ish haqining uch barobari miqdorida mukofot puli ham ajratishdi.
Izohlarni ko`rish