Hindistonlik Samuel ismli bir yigit o’z ota-onasini sudga bermoqchi. U bolalarni dunyoga keltirish va tarbiyalashni «o’g’rilash va qullik» deb atamoqda.
Shu bilan birga yigit ota-onasi bilan munosabatlari yaxshi ekanligini ham ta’kidlab charchamayapti. «Men o’z ota-onamni yaxshi ko’raman. Biz yaxshi chiqishamiz. Biroq ular meni o’z ko’ngilxushliklari uchun dunyoga keltirishgan. Ajoyib hayotim bor, biroq men uni maktabda o’qish va karyera tiklash uchun sarflashim kerak. Shu adolatdanmi», — deya fikrlamoqda u.
Tavba, agar hayoti yaxshi va ota-onasi bilan munosabatlari joyida bo’lsa, sudga berish nimasi?!
Izohlarni ko`rish